FANNY MULTIVITAMIN

FUNNY MULTIVITAMIN

Funny — vitaminlar bolalarimizning salomatligi va rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Ular

immun tizimini qo'llab-quvvatlashda, o'sish va rivojlanishida, bola aqlan va jismonan rivojlanishida va albatta anemiya holatini oldini olishda yordam beradi.

 

Vitaminlar tabiatan 2 turga bo'linadi: Suvda eriydigan va Yog'da eriydigan.

 

Funny mahsuloti tarkibida ikki turdagi vitaminlar mavjud bo'lib, organik va halol mahsulot hisoblanadi. Bolalarning kundalik minerallar va vitaminlarga bo'lgan  ehtiyojlarini qondirib beradi.

 

Kompleks yondashuv: mahsulotda bolalar sog’lig’i uchun maksimal foydalarni ta'minlaydigan, sinergik tarzda o'zaro ta'sir qiluvchi ko'plab qimmatli komponentlar birlashgan. Mahsulot tarkibida bolalarning immunitetini mustahkamlash va ularni turli kasalliklardan himoya qilishga yordam beruvchi ehinaseya mavjud.

Kognitiv funktsiyani yaxshilaydi: bibariya va ginkgo bilobo tarkibidagi E vitamini kognitiv funktsiyani, xotirani va konsentratsiyani yaxshilashga yordam beradi, bu ayniqsa bolalar miyasining rivojlanishi uchun muhimdir.

 

Sog'lom o'sishni qo'llab-quvvatlaydi: Anor va uzum tarkibida C vitamini mavjud bo'lib, u nafaqat immunitet tizimini mustahkamlaydi, balki bolalarning sog'lom o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi.

 

Antioksidantlar: Qora sedana yog'i va guava kuchli antioksidantlarni o'z ichiga oladi, hujayralarni erkin radikallarning zararli ta'siridan himoya qilishga yordam beradi.

Exinatseya- terapevtik xususiyatlari haqidai birinchi tadqiqotlar 1794 yilda amalga oshirilgan. Exinatseya tarkibidagi modda tabiiy immunomodulyatorlardan biridir. Ularning kombinatsiyasi immunitet tizimini rag'batlantiradi va nafas olish tizimiga, ayniqsa uning yuqori yo'llariga ta'sir qiluvchi bakterial va virusli infektsiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi.

 

Buning sababi: - makrofaglar va neytrofillar faolligini oshirish - interleykin-1 sintezini oshirish - B-limfotsitlarning zarur transformatsiyasiga yordam berish - T-limfotsitlar funktsiyalarini yaxshilash - jigar va buyraklardagi metabolik jarayonlarni tezlashtirish.

 

Exinatseya shuningdek, shamollash va grippning alomatlarini yengillashtiradi.

Lavanda- Yallig'lanishga qarshi? Immunomodulyator hisoblanadi. Asab tizimining faoliyatini yaxshilaydi, antispazm va tinchlantiruvchi xususiyatga ega.

 

Guava ekstrakti- immunomodulyatsiya qiluvchi moddalar mavjudligi tufayli, tananing himoya qobiliyatini oshiradi. Qalqonsimon bez faoliyatini tiklaydi va gormonal o`zgarishni oldini oladi.

Anor sharbati - bu organik kislotalar, shakar, fitonsidlar, poliesterlar, antioksidantlar, tonin, folatsin, aminokislotalar, A, B, E, C, K, PP vitaminlari, shuningdek mineral birikmalarning (kaltsiy, temir, kaliy, natriy magniy, fosfor) tabiiy aralashmasi.

Anorning tarkibida ko'p miqdorda C vitamini mavjud. Oziq moddalar soni bo'yicha bu sharbatga tengi yo’q, u antibakterial, virusga qarshi va yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Anor sharbati anemiyaga qarshi foydalidir.

 Tarkibida oson hazm bo'ladigan temir va askorbin kislotasi mavjudligi sababli qondagi gemoglobinni ko'paytirish jarayonini tamirlab beradi.

Goji mevasi- antioksidantlarni o'z ichiga oladi.

 Goji mevalari hujayralardagi oksidlanish jarayonlarini oldini oladigan ko'p miqdordagi antioksidantlarni o'z ichiga oladi. Bu immunitet tizimini mustahkamlashga va tanani turli infektsiyalar va kasalliklardan himoya qilishga yordam beradi, ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi.

 Goji mevalaridagi A va C vitaminlari ko’z pardasining sog'lig'ini saqlashga yordam beradi. Katarakta va ko’z pardasi degeneratsiyaning oldini oladi.

Gojida ko'p miqdorda temir mavjud bo'lib, u umumiy energiyani yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, ular tarkibida oziq-ovqatlarni energiyaga aylantirishga yordam beradigan B2 vitamini mavjud. Bu rezavorlar chidamlilik va quvvatni oshirish uchun ajoyib oziq-ovqat hisoblanadi.

 

Papaya- ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Papayada oqsillarni parchalashga va hazm bo'lishiga yordam beruvchi papain fermenti mavjud. Papaya ich qotishi va oshqozon qaynashi kabi hazmsizlik alomatlarini kamaytirishga yordam beradi. Qora papayya urug'lari parazitlarga qarshi xususiyatlarga ega ekanligiga ishonishadi va xalq tabobatida ichak qurtlarini davolashda qo'llaniladi.

 

Yallig'lanishni kamaytiradi. Papayya antioksidantlarga boy, ko'plab surunkali kasalliklar, jumladan saraton, diabet va yurak kasalliklari bilan bog'liq tanadagi yallig'lanishni kamaytirishga yordam beradi.

 

Teri salomatligini yaxshilaydi. Papaya C vitamini va beta-karotinga boy bo'lib, terini quyosh va boshqa atrof-muhit ta'siridan himoya qilishga yordam beradi.

 

Bundan tashqari, papayya fermentlari terining yangilanishiga yordam beradi.

 

Immunitet tizimini yaxshilaydi. Papayya immunitet funktsiyasida muhim rol o'ynaydigan C vitaminining manbaidir. Papayya iste'mol qilish immunitet tizimini mustahkamlashga va infektsiyalar xavfini kamaytirishga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, papayya sharbati sitokinlar ishlab chiqarishni ko'paytirish orqali immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Sitokinlar organizmning immunitet reaktsiyasida asosiy rol o'ynaydigan oqsillardir.

Rozmarin- yallig'lanishga qarshi, antioksidant va antimikrob xususiyatga ega.

 

Antiproliferativ, antitumor, ingibitor.

Oblepixa- miya uchun foydali. Riboflavin va tiamin - asab tizimi va miyaning yaxshi ishlashini ta'minlaydi, xotira va konsentratsiyani yaxshilaydi.

 

Ko'z salomatligini qo'llab-quvvatlaydi.  "Quruq ko'z" deb ataladigan sindromning holatini yaxshilashilaydi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, oblepixa qo'shimchalari ko'zlardagi og'riqni kamaytiradi.

Ovqat hazm qilish tizimini qo'llab-quvvatlashga yordam beradi. Xalq tabobatida mahsulot ovqat hazm qilish, jigar salomatligini yaxshilash, shuningdek, ayrim teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.

 

Oduvanchik ekstrakti- immunitetni yaxshilaydi.

Tanadagi yallig'lanish reaktsiyalarini kamaytiradi, shuningdek, kasallik qo'zg'atuvchi bakteriyalar va patogenlarning ko'payishini to'xtatishga yordam beradigan, antimikrob va antivirus xususiyatlarga ega hisoblanadi.

Funny mahsulotining foydali funksiyalari:

 

✅  Immunitetni mustahkamlaydi

✅ Gemoglabin ko’taradi

✅ Yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega

✅ Infektsiyalarning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi

✅ Antioksidantlar hususiyatga ega

 

 

Bir flakonda 60 ta marmeladli ayiqcha mavjud.