JEKKY PROBIOTIK

GENY OMEGA-3 DHA PROBIOTIK

Hozirgi paytda bolalar o'rtasida, diqqatni tarqoqligi, giperaktivlik, uyqu buzilishi tufayli darslarni yaxshi o'zlashtira olmaslik va enurez holatlari ko'p kuzatilmoqda. Mutaxassislar ta'kidlashicha, bola organizmida Omega-3 yetishmovchiligi aynan shu muammolarni keltirib chiqaradi. Ayrim hollarda esa, tana vaznining yetishmasligiga ham sabab bo'ladi. Shu kabi muammolarni bartaraf etish uchun, Numa kids bolani kunlik Omega-3 to'yinmagan yog'lari bilan ta'minlovchi tabiiy Genny mahsulotini taqdim etadi.

Ushbu Genny Omega3 mahsuloti — bolalar salomatligini yaxshilash, optimal rivojlanishiga hissa qo'shish va ularni qo'llab-quvvatlash uchun ishlab chiqarilgan.

Mahsulot miya, yurak faoliyatini rag'batlantirishda va ko'rish qobiliyatini oshirishda yordamchi vosita sanaladi. Shuningdek, ular yurak va qon tomirlari tizimiga ijobiy ta'sir o'tkazib, qon aylanishini yaxshilashda va yallig'lanishni kamaytirishda ijobiy ta'sirga ega.

Baliq yog'i- ko'p to'yinmagan yog'li kislotalarni o'z ichiga oladi va bolalar uchun Omega-3 kislotalarining eng muhim manbai hisoblanadi.

Bundan tashqari A va B vitaminlari, bir qator makro va mikroelementlarni (kaltsiy, natriy, rux, magniy, 409, temir, fosfor va 9p.) o'z ichiga oladi.

 Baliq yog`i- suyaklar va tishlarning rivojlanishiga foydali ta'sir ko'rsatadi, soch va tirnoqlarning holatini yaxshilaydi. Ko'rish qobiliyatini yaxshilab, immun tizimini mustahkamlaydi va infektsiyalardan himoya qiladi. Antioksidant xususiyatga ega.

Xotira va e'tiborni yaxshilaydi, stressga qarshi kurashishda yordam beradi, asabiylikni va qo'zg'aluvchanlikni kamaytiradi.

Sedana yog'i (qora zira yog'i “sedana”)- omega-9 va omega-6, miristin, palmitolein va boshqalar. Mavjud bo`lib, B guruhi vitaminlari bilan to`yintiradi. Ular markaziy asab tizimining ishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, metabolizmni yaxshilaydi, anemiya rivojlanish xavfini kamaytiradi. Qolaversa tarkibida vitamin A mavjud bo`lib ko'rish qobiliyatini saqlashga yordam beradi, tananing himoya funktsiyalarini oshiradi va metabolizmni yaxshilaydi.

Vitamin E esa homiladorlikni saqlash uchun muhim.

Tarkibidagi Vitamin D yurak-qon tomir kasalliklari va raxit xavfini kamaytiradi, suyaklarni mustahkamlaydi. Hattoki tarkibida askorbin kislotasi mavjud bo`lib immunitetni ko`taradi, "yomon" xolesterinni kamaytiradi va jismoniy chidamlilikni oshiradi.

Dengiz o'tlari - Yaponiyada qadim zamonlardan beri eng foydali mahsulotlardan biri hisoblangan Laminaria suv o'tlari hisoblanadi.

Ichaklar faoliyatiga yordam beradi. Ilmiy izlanishlar davomida dengiz o‘tlari algin kislotasi va uning tuzlariga boy ekanligi aniqlandi. Bu organizmdan toksinlarni olib tashlaydigan va ichaklarga foydali ta'sir ko'rsatadigan mikrobiota o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan moddalardir.

Dengiz o'tlariga boy bo'lgan fukoksantin qon shakar darajasini tartibga soluvchi ta'sir ko'rsatadi. Bu, ayniqsa, 1-toifa diabetga genetik moyilligi bo'lgan odamlar uchun juda muhimdir.

Laminariyani muntazam iste'mol qilish diabet rivojlanish xavfini kamaytiradi. Va laminariya tarkibidagi algin kislotasi qon shakar darajasining keskin o'zgarishini oldini oladi.

 

Qalqonsimon bezni qo'llab-quvvatlaydi.

Dengiz karamida inson tanasi uchun zarur bo'lgan juda ko'p yod mavjud. Dengiz o'tlari tarkibidagi yodning organik bog'langanligi va aminokislotalar bilan bog'langanligi judayam muhimdir. Shuning uchun ham u tez so'riladi. Tanadagi yod yetishmasligi qalqonsimon bezning to'qimalarida qalqonsimon gormonlar ishlab chiqarishni buzadi. Bolalarda bu miya rivojlanishidagi buzilishlardan: mushak, jigar, buyraklar va yurakning noto'g'ri ishlashigacha bo’lgan turli xil patologiyalarni qo'zg'atishi mumkin.

Yong'oq yog'i- kaloriyalari ko’p bo’lgani uchun, bolani faol o'sish davrida zarur energiya bilan ta'minlashga yordam beradi. Tarkibiga barcha kerakli minerallarni o'z ichiga oladi: magniy, kaliy, folat, kalsiy, sink. 

 

Kalsiy suyaklarni mustahkamlaydi, temir esa gemoglobin darajasini nazorat qiladi. Kaliy va natriy elektrolitlar muvozanatiga yordam beradi. Fosfor o'sayotgan bolaning tanasida ovqat hazm qilish, hujayralarni tiklash va oqsil ishlab chiqarishga yordam beradi.

 

Genny mahsulotining foydali funksiyalari:

 

✅  Immunitetni mustahkamlaydi

✅ Miya faoliyatiga ijobiy tasir ko`rsatadi

✅ Ko`z toliqishini oldini oladi

✅ Eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi

✅ Nerv hujayralarini baquvvatlashtiradi

 

 

Bir flakonda 60 ta marmeladli ayiqcha mavjud.